500 000 so'm dan bepul yetkazish Har xariddan 3% keshbek Savol bormi? Operatorga yozing →
Katalog
UZ RU

Ko'p beriladigan savollar

Qanday buyurtma beraman?

Mahsulotni savatga qo'shing va «Rasmiylashtirish» tugmasini bosing. Telegram shart emas: ism va telefon raqamingizni yozish kifoya. Manzilni yozib, buyurtmani tasdiqlang. Operator tasdiqlash uchun qo'ng'iroq qiladi. Buyurtmani Telegram bot @VitaboomBot orqali ham berish mumkin.

Yetkazib berish qancha turadi?

Toshkent bo'ylab 500 000 so'm dan oshgan buyurtma bepul yetkaziladi. Undan kichik buyurtma Yandex orqali yuboriladi — yetkazish narxini Yandex tarifi bo'yicha mijoz to'laydi.

Buyurtma qachon yetib keladi?

Toshkentda 14:30 gacha berilgan buyurtma ertasi kuni kun davomida yetkaziladi. Shoshilinch kerak bo'lsa — o'sha kuni Yandex orqali yuboramiz, yetkazish narxini mijoz to'laydi.

Viloyatlarga yetkazasizmi?

Ha, viloyatlarga faqat Uzpost pochtasi orqali yuboramiz. 500 000 so'm dan oshgan buyurtma bepul, kichikroq buyurtmada pochta narxini mijoz to'laydi.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Hozircha to'lov mahsulotni qabul qilishda naqd yoki karta orqali amalga oshiriladi.

Filialdan olib ketsam bo'ladimi?

Ha. Buyurtma berishda «Olib ketish» ni tanlang — sayt qaysi filialda hamma mahsulot borligini ko'rsatadi. Buyurtma tayyor bo'lgach Telegram orqali xabar beramiz.

Mahsulotlar originalmi?

Ha, do'konda faqat original mahsulotlar sotiladi. Har bir mahsulot sahifasida brend, tarkib va yaroqlilik muddati ko'rsatilgan.

Mahsulot qoldiqda yo'q bo'lsa nima qilaman?

Mahsulot sahifasidagi «Kelganda xabar berish» tugmasini bosing — mahsulot kelishi bilan Telegram orqali xabar beramiz.

Mahsulotni qaytarsa bo'ladimi?

Ha. Qadog'i ochilmagan, plombasi (himoya plyonkasi) buzilmagan mahsulotni 14 kun ichida qaytarish mumkin. Buning uchun operatorga @vitaboom_uz yozing.

Keshbek bormi?

Ha, har bir xariddan 3% keshbek bonus sifatida qaytadi. Bonuslar Telegram botda va kabinetda ko'rinadi.

Savolingiz bormi?

Operator Telegram'da javob beradi: @vitaboom_uz